18 +  RSS  E-mail
9:19, 08 04 2019

Andijon viloyatida birinchi zoopark ishga tushirildi


Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tashabbusi bilan tashkil etilgan dastlabki madaniy-koʻngilochar hayvonot bogʻi kengayib borayotgan Andijon shahrining Xoʻjaobod tumani bilan tutashgan Xidirsha massivida qad rostladi.

Besh gektar maydonda haqiqiy ertaknamo maskan barpo etildiki, u bilan tanishish nafaqat bolajonlar, balki katta yoshdagilar uchun ham maroqli boʻladi.

Hayvonot bogʻining yuqori qismini attraktsionlar egallaydi. Salqin ichimliklar va muzqaymoq kafesi, avtodrom, batut majmuasi, dorbozlar maydoni joylashgan. Mini-poyezd va mini-avtomobillarda butun hududni aylanib chiqish mumkin.

Loyiha qiymati 12 milliard soʻmni tashkil qiladi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kelajak avlod vakillari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida soʻz yuritdi. Shu kuni kam taʼminlangan oila farzandlari, bolalar shaharchasida tarbiyalanayotganlardan jami 700 nafar kichkintoy hayvonot bogʻining birinchi mehmonlari boʻldilar.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.