18 +  RSS  E-mail
16:48, 06 04 2019

MIB direktori B.Qudratxodjayev Xorazm viloyatida sayyor qabul oʻtkazdi


Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali binosida Bosh prokuratura huzuridagi MIB direktori B.Qudratxodjayev Xorazm viloyatining barcha tuman va shahar aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazdi.

Uchrashuvda Xorazm viloyati prokurori, viloyat Xalq qabulxonasi va Byuroning Xorazm viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.

Tadbir davomida shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan oʻzlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.

Sayyor qabul davomida 21 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Ular asosan qarzdorlikni va aliment pullarini undirish hamda noqonuniy qurilgan obʼektlarni buzdirish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni undirish hamda Byuro organlariga xizmatga kirish bilan bogʻliq murojaatlar.

Barcha masalalar birma-bir tinglanib, sayyor qabul jarayonida 21 ta murojaatdan 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 tasi boʻyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi hamda 11 tasi qayta oʻrganish uchun qabul qilinib, nazoratga olindi va ularning yechimi yuzasidan masʼullar biriktirildi.

Muammolar bilan murojaat qilgan fuqarolar Byuro direktori B.Qudratxodjayevning Xorazm viloyatidagi sayyor qabulidan mamnun boʻlishdi.

MIB  Xorazm viloyati boshqarmasi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.