18 +  RSS  E-mail
11:32, 04 04 2019

“Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti


“Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti Yangiariq tumanidagi 11-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida oʻtkazildi. Sammit Xorazm viloyat xokimligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Xorazm viloyat kengashi bilan xamkorlikda  olib borildi. 

Sammitning ochilish marosimida Yangiariq tuman 37-son maktabning “Temurbeklar” sinfi oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek 31, 22-son maktablarning “Raqslar guldastasi” jamoasi musiqiy chiqish qilishdi. Viloyat sammitini Yangiariq tuman xokimi oʻrinbosari Barno Qoʻchqorova ochib berdi.

Ochilish marosimidan soʻng oʻquvchi-qizlar uchun yalpi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yalpi yigʻilishda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gulsum Nazarova, ijtimoiy fanlar metodisti Shoira Nasrullayeva, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Davron Boltayevlar soʻzga chiqib Respublikamizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar. Shu jumladan, beshta ustuvor yoʻnalish boʻyicha oʻquvchi qizlarga maʼlumotlar berildi. Yalpi yigʻilishdan soʻng oʻquvchi-qizlar belgilangan shoʻʼbalarda seminar-treninglarda ishtirok etdilar. Sammit ishtirokchilari 7 ta nominatsiya boʻyicha oʻz bilimlari, iftidorlarini namoyon qildilar. Malakali mutaxasislardan iborat hakamlar hayʼati ularni baholab bordi.

12 nafar “Qizlarjon” klubi sardorlari tuman hokimi oʻrinbosarining dublyor vazifasini oʻtash uchun hokimiyatga tashrif buyurishdi. 12 nafar tuman, shahar Yoshlar ittifoqi sardorlari tuman Yoshlar ittifoqi kengashiga tashrif buyurishdi. Ittifoq faoliyati bilan tanishishdi va oʻz loyihalari himoyasini olib borishdi. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyati kengashi raisining oʻrinbosari Iqboloy Jumaniyozova ularni baholab bordi.

Axborot kommunikatsiyalari yoʻnalishi boʻyicha ishtirok qilgan oʻquvchi qizlarimiz komp’yuter texnologiyalaridan foydalanib, oʻz bilimlarini yana bir marta sinovdan oʻtkazishdi.

24 nafar fanlarni aʼlo baholarga oʻzlashtirayotgan oʻquvchi-qizlar Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtixonlarini sinov tarzida topshirib koʻrishdi va eng yuqori natijaga erishgan 3 nafar oʻquvchi-qizlar diplom bilan taqdirlandi.

Hunarmandchilik yoʻnalishida ishtirok etgan hunarmand oʻquvchi-qizlar oʻz ishlari taqdimotini oʻtkazishdi. Taqdimotda ularga ingliz tilida soʻzlasha oladigan aʼlochi oʻquvchi qizlarimiz hamrohlik qilishdi. Hunarmandchilik ishlarini chet ellik mehmonlarga taqdim etish uchun ingliz tilini bilish qanchalik zarur ekanligi sammit ishtirokchilariga tushuntirildi. 

Xiva bolalar shaharchasidan tashrif buyurgan oʻquvchi qizlarimiz oʻz shijoatlari bilan hakamlar hayʼatida oʻzgacha taassurot qoldirishdi.

Sammitning yopilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari Gulsara Qurbonboyeva, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Hamro Bektemirovlar ishtirok etishdi. Sammit davomida faol ishtirok etgan 21 nafar oʻquvchi-qizlar diplom, shuningdek barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Sammitning yuqori saviyada oʻtkazilishida oʻz amaliy yordamini bergan hamkor tashkilotlar jamoasiga viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining tashakkurnomasi va kitob taqdim etildi. Viloyat hokimi oʻrinbosari G.Qurbonboyeva 11-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi.    

Q.ZARIPOV,

Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.