18 +  RSS  E-mail
11:11, 03 04 2019

Buzilayotgan uyning har kvadrat metriga bozor qiymatida kompensatsiya puli berilsa, kim norizo?


Baxtiyor Barakayev: Xuddi shunday boʻlishi kerak. Xarid qilayotgan uyingizga ham bir m2 uchun — bozor narxida toʻlaysizku.

Shaxlo Djumaniyazova: Viloyatlarda 1 metr kvadrat yangi xonadon hozir necha soʻmdan?

Erkin Mamataliyev: Surxondaryoda 3,9 mln.dan 4,5 mln. soʻmgacha.

Doktor Bahora: Hech kim uyi buzilishini xohlamaydi.

Inson qanday sharoitda yashayotgan boʻlsa, shunday sharoitli uy qurishga qurbi yetadigan darajada kompensatsiya toʻlansa adolatli boʻlardi.

Dilmurod Valihanov: Qaniydi shunday boʻlsa. Hech kim norizo boʻlmaydi

Ismail Kuchkarov: Andijonda buzilgan savdo doʻkonlari uchun kompensatsiya berilmasdan turar-joy uchun yer uchastkasi berilmokda, qiziq-a?!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-sonli Farmoniga asosan yer uchastkalarini olib qoʻyishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy maʼmuriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.

Obid Non:  Bir tanishimga oʻtgan yil avgustda … hovlisini buzib pul berishgan, bu pul 1 xonali kvartiraga yetgan.

Dilmurod Valihanov: 50-60 mln. soʻm atrofida pul berishgan xolos

Yuqoridagi Farmon boʻyicha talab qilishga haqli, albatta huquqshunos bilan murojaat qilgani maʼqul.

Surxondaryoda har metr kvadrat oʻrtacha 4,2 mln soʻmdan ekan, buzilayotgan uy binosi osti 100 metr kvadrat boʻlsa, kompensatsiya pulini oʻzingiz hisoblab koʻravering.

Davlat Malham: Deyarli yarim milliard soʻm boʻlarkan.

Iren Diyarova: Bir inson yemay-ichmay uy-joy quradi. Qancha mablagʻ, mehnat sarflaydi, lekin uy-joy buzilish boʻlsa, kadastr va baholash birlashib uyingizni quruvchi manfaatini koʻzlab kam narxlaydi .Bu adolatdanmi? Uyingiz shahar hududida boʻlsa-yu sizga yer maydonini hech qanday infrastruktura boʻlmagan joydan hokimiyat yer ajratib bersa, vaholanki yashab turgan uyda gaz, svet, suv bor. Yeringizni olgan quruvchi uy quradi tayyor suv quvuri, gaz liniyasi, kanalizatsiya quvurlari mavjud boʻlib, olib qoʻyilgan fuqarolarga uy-joy berilmasdan qimmat narxda sotishadi.

Buni qanday baholash mumkin? Shu sababli xalq norizo boʻlib arizabozlikka rahbarlar yoʻl ochib berishmoqda. Adolat boʻlsin deyishsa, buzilgan uy-joy uchun teng qiymatda uy-joy berilsa xalq rozi boʻladi.

Quruvchini qurgan uyi qimmat baholansa, nega olib qoʻyilgan uylar kam narxlanmoqda? Oddiy xalq yillar davomida uy qurib, endi farogʻatda yashayman deganida, yana uy qurishga kuchi yetarmikan? Insonlarni manfaati doim ustun boʻlishi kerak bugun, erta emas. Xalq rozi ekan, davlatimiz mustahkam va ahil boʻladi. Prezidentimizga kuch-quvvat tilaymiz, sogʻ-omon boʻlib, xalqni duosini olib yursinlar.Olloh oʻz panohida yurtimizni va yurtboshimizni asrasin!

Uy-joy kodeksining 27-moddasi: Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati toʻliq hajmda toʻlanadi.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.