18 +  RSS  E-mail
12:51, 01 04 2019

Kogonda “Raqamli texnologiyalar markazi” ochildi


Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilgʻor xalqaro tajribalar asosida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish boʻyicha innovatsion koʻnikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus asosida vazirlik tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarida shunday markazlar tashkil etish boʻyicha kontseptsiya ishlab chiqilgan.

Navbatdagi “Raqamli texnologiyalar markazi” Buxoro viloyati Kogon tumanidagi pochta aloqasi tarmogʻi binosida ochildi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Markaz qisqa muddatda zamonaviy komp’yuterlar va zarur jihozlar bilan taʼminlanib, endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalar beriladi.

Shuningdek, ochilish marosimida Kogon shahar hokimi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.