18 +  RSS  E-mail
12:58, 01 04 2019

Guliston davlat universitetida zamonaviy laboratoriya ochildi


Guliston davlat universitetida Germaniya, Italiya, Ispaniyada ishlab chiqarilgan qiymati 46 ming yevroga teng 20 turdagi laboratoriya jihozlari mavjud Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.

Laboratoriya Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturining “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit mutaxassisligi boʻyicha magistrlar dasturini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan

Loyiha bosh koordinatori L’Akuila universiteti (Italiya) professori Anna Totszi va yurtimizdagi milliy koordinator AnDU professori Rayimjon Aliyevlar hisoblanishadi.

Laboratoriya Oksford universitetining Rezerford laboratoriyasi “Mikroelektronika va nanoelektronika” qoʻllab-quvvatlash markazining YeVROPRAKTIK tizimiga onlayn tarzda ulangan.

Yevropaning 600 dan ortiq nufuzli universitetlari on-layn tarzda ulangan YeVROPRAKTIK tizimiga Oʻzbekistonda Andijon, Urganch davlat universitetlaridan keyin Guliston davlat universiteti ham ulandi.

Laboratoriyaning ochilish marosimini universitet rektori M.T.Xodjiyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Universitet rektori kirish soʻzida bugungi kunda mamlakatimiz rivoji uchun yetuk kadrlarni yetkazish muhim masala ekanini, buning uchun esa, avvalo xorijiy tajribani oʻrganib, yetuk xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish oliy taʼlim muassasalari oldida turgan eng muhim vazifa ekanligini aytib oʻtdi. Bu borada ushbu laboratoriyani tashkil etilishi rejalashtirilgan ishlarning faqat boshlanishi ekanligiga urgʻu berdi.

Qatnashchilar laboratoriyaga tashrif buyurib keltirilgan laboratoriya jihozlari, olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan tanishdilar.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.