18 +  RSS  E-mail
11:03, 28 03 2019

Mehribon ona va badbaxt oʻgʻil


Otasining oʻlimidan bir fursat oʻtib, ish bilan band oʻgʻil kasalmand keksa onani qariyalar uyiga topshirishga qaror qildi. Oʻgʻil ora-chora volidasining xolidan xabar olib turdi.

Kunlar oʻtdi. Bir kuni qariyalar uyidan qoʻngʻiroq qilishdi, vaziyat jiddiy ona

ogʻir axvolda yotibdi, oʻgʻliga aytadigan soʻnggi soʻzi bor ekan.

Oʻgʻil zudlik bilan uning yoniga shoshdi. Ajal bilan kurashayotgan ona temir

karavotda xolsiz toʻlgʻonar, oʻgʻil soʻnggi soʻzni eshitmoq uchun uning lablariga quloq tutdi.

— Oʻgʻlim, sendan soʻnggi iltimosim, qariyalar uyi xonalariga konditsionerlar oʻrnattirib bersang. Qarilik bois sovuq va issiq kunlarda juda qiynaldim. Keyin, bu yerga muzlatgich ham olib kelib qoʻy, baʼzida tunlar uyqum qochganida aynimagan biror nima topa olmay, och yotib, qiynaldim.

Onaning oʻtinchidan hayratda qolgan oʻgʻil unga tikilib qoldi. Shuncha vaqtdan buyon bu qiyinchiliklarga chidab kelib, ogʻiz ochmasdan, nega umr adogʻida bu qulayliklarni ado etishini yolvorayotganini soʻradi.

“Men-ku, bularga chidadim, bolam! Lekin sendan havotirdaman. Kun kelib bolalaring seni bu yerga tashlab ketishsa, sening holing nima kechadi, bolajonim?!” deb javob qaytardi onaizor…

Malika SALIMOVA.

“Oqibatlilar”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.