18 +  RSS  E-mail
10:58, 28 03 2019

Buxoro «BUKHARA INVESTMENT FORUM 2019» xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qiladi!


2019 yil 30-31 mart kunlari “BUKHARA INVESTMENT FORUM 2019” xalqaro investitsiya forumini tashkil etish rejalashtirilgan.

Forumning asosiy maqsadi xorijiy investorlarni Buxoro viloyatining investitsiya salohiyati bilan tanishtirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali samarali loyihalarni amalga oshirishdir.

Xalqaro forum doirasida:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi PQ-3843-sonli qarori asosida tashkil etilgan “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga;

3)  “Bukhara City” qurilishi doirasidagi investitsiyaviy taklif loyihalariga;

4) Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va turizm sohasidagi investitsiya obʼektlari hududlariga tanishuv tashriflari uyushtirilishi va loyihalar taqdimoti tashkil etilib, tanlangan taklif loyihalarini joyiga chiqib oʻrganish imkoniyati yaratilishi koʻzda tutilgan.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.