18 +  RSS  E-mail
9:58, 27 03 2019

Viloyat hokimidan eng yaxshi sovgʻa


Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Xayrullo Bozorov oʻzi ta`lim olgan Chortoq tumanidagi 46- (avvalgi 76-) hamda 9-umumiy oʻrta taʼlim maktablari kutubxonalariga oʻzbek va jahon mumtoz badiiy adabiyotlari jamlanmasini tuhfa qildi.

Viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan kitoblar maktab jamoasi va oʻquvchilar uchun eng yaxshi sovgʻa boʻldi. Va bu oʻz navbatida joriy yil 19 mart kungi videoselektor yigʻilishida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ezgu tashabbusning amaldagi tasdigʻi hamdir. Zero, bu adabiyotlar yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishga, ularning tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishga xizmat qiladi.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.