18 +  RSS  E-mail
10:00, 27 03 2019

Urgutda ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi


Barcha darajadagi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqotga kirishi, ayniqsa, sayyor qabullar orqali murojaatchilar huzuriga borishi xalqimizning adolatga, davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, ochiq muloqotlarda aholiga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch hamda imkoniyatlar ishga solinayotir.

Bunday saʼy-harakatlar ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan oʻzgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratayotir.

Urgut tumanidagi iqtisodiyot kolleji binosida viloyat hokimi boshchiligida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda 330 nafar fuqarolar murojaatlari qayd etildi. Murojaatlar birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan masʼullar biriktirildi. Murojaatlarning aksariyatini suv, elektr taʼminoti, yoʻl, tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari tashkil etdi. Oʻtkazilgan sayyor qabullarda yuklatilgan vazifalar viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olinib, ijrosi 1 aprel kuni muhokama etilishi belgilandi.

Shuningdek, ommaviy sayyor qabul oʻtkazilgan hududda mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 11 ta korxonadagi 195 ta boʻsh ish oʻrinlari fuqarolarga taklif etildi.

Sayyor qabul davomida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ham 74 nafar fuqarolarga turli davlat xizmatlari koʻrsatildi. 31 nafar fuqaroning oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joy binosiga egalik huquqi tasdiqlanib, 12 nafar murojaatchining farzandlariga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar tadbir davomida taqdim etildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.