18 +  RSS  E-mail
9:51, 27 03 2019

Jizzaxda ishsizlik darajasi qanday kamaytiriladi?


Hozirda Jizzax viloyati aholisining 563 ming 500 nafari iqtisodiy faol hisoblanadi. Ularning 510 ming 700 nafari doimiy ish bilan band.

2019 yilning 1 yanvar holatiga viloyatning jami aholisi soni 1 million 352 ming 100 nafarni tashkil etmoqda. Shundan mehnatga layoqatlilar soni 765,9 ming nafardan iborat (jami aholiga nisbatan 56,6 foiz). Iqtisodiy faollar  soni 563,5 ming nafarni (mehnatga layoqatli aholiga nisbatan 73,6 foizni), iqtisodiy nofaol aholi soni 202,4 ming nafarni (26,4 foiz) tashkil etadi.

Iqtisodiy faol aholidan ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band boʻlmagan aholi 52,8 ming nafarni yoki ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etmoqda.

Ishsizlik darajasi viloyat koʻrsatkichidan yuqori boʻlgan tumanlar Arnasoy tumanida 10,6 foiz, Mirzachoʻlda 10,4 foiz, Doʻstlikda 10,3 foiz, Gʻallaorol, Zafarobod, Forish Yangiobod tumanlarida 10,2 foizdan iborat.

Viloyatda ayni paytda iqtisodiyotning rasmiy sektorida 181,6 ming nafar aholi mehnat qilmoqda. Ularning 154 ming nafari iqtisodiyot tarmoqlarida, 2 ming 100 nafari yuridik shaxs tashkil etmagan holda tegishli ruxsatnoma asosida tadbirkorlik bilan shugʻullanayotganlar va 998 nafar dehqon xoʻjaliklarida hamda 14 ming 500 nafar boshqa tarmoqlarda band.

Shuningdek, iqtisodiyotning norasmiy sektori hisoblangan vaqtinchalik mavsumiy mavsumiy ishlar bilan shugʻullanuvchilar 329 ming 100 nafardan iborat. Ularning 37,6 ming nafari vaqtinchalik bir martalik har xil ishlarni bajaruvchilar boʻlsa, 36,5 ming nafari vaqtinchalik bir martalik mavsumiy ishlarni bajaruvchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, 32 ming nafardan ortiq fuqaro rasmiy mehnat munosabatlarisiz uy xoʻjaligi va tadbirkorlarga yordamlashayotganlarni tashkil etadi. Aholining 70 ming 400 nafari tegishli ruxsatnoma va roʻyxatsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqda. 73 ming 700 nafar aholi respublikadan tashqariga ishlash uchun ketgan.

Ayni paytda viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan taqdim etilayotgan soliq hisobotlariga asosan ishchi xodimlarning rasmiy jihatdan bandligi taʼminlanishining haqqoniyligi oʻrganilmoqda. Oʻtkazilayotgan monitoring va mavzuli ekspress oʻrganishlari davomida bu boradagi koʻrsatkichlarga joyiga chiqilgan holda aniqlik kiritilib, yuzaga kelayotgan farqlar aniqlangan hollarda tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz! 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasi 12 foiz etib qayd etilganidan xabaringiz bor. Shundan 0,1 foizi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi. Bunda ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolindi. Ushbu tartibning kuchga kirishi bilan koʻplab xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan «konvert” usulida ish haqi berish holatlari kamayib, xodimlarni rasmiy jihatdan ishga qabul qilish jarayoni tezlashib ketdi.

Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda 298 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlar yangidan roʻyxatdan oʻtib, oʻz tadbirkorliklarini boshlashlari hisobiga ular tomonidan  1008 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishildi. Bu esa norasmiy sektorda mehnat qilayotgan ishchi xodimlar sonining kamayishiga sabab boʻlmoqda.

Jizzax viloyat DSB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻʼbasi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.