18 +  RSS  E-mail
13:54, 26 03 2019

Teatr bu — moʻjiza


Shekspirning: “Butun olam — teatr, unda xar bir odam — aktyordir” jumlasini biz koʻp holatlarda iqtibos qilib ishlatamiz. Darhaqiqat hayotda har-birimiz oʻz vazifamizni bajaramiz.

Shuning uchun ham Teatr kuni — shunchaki xalqaro emas, balki u chegara, millat, til va din tanlamaydigan umuminsoniy bayramdir. Shuning uchun ham biz teatrni moʻjiza deb aytamiz.

“Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida Samarqand viloyati musiqali drama teatrida talabalar va teatr xodimlarining galdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, qurilish, dizayn fakul’teti talabalari hamda oʻqituvchilari teatrga tashrif buyurishdi.”Teatr-bu moʻjiza” mavzusida oʻtkazilgan, qizgʻin suhbat va savol-javoblarga boy uchrashuv oʻquvchi talabalarga teatrning yangi qirralarini ochib berdi.

Ayniqsa teatr foyyesida koʻrgazma eksponatlari misolida rassom Bahrom Safoyevning maroqli maʼruzasi, talabalarga oʻziga xos master klass vazifasini oʻtadi. Rejissyor Shuhrat Sanaqulov yoshlarga sahnalashtirish jarayoniga tayyorlanish bosqichlari haqida soʻzlab berdi.

Samarqand viloyati musiqali drama teatrida tashkil etilgan teatr liboslari koʻrgazmasi, teatr tarixi muzeyi, dekoratsiyalar koʻrgazmasi talabalarga manzur boʻldi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.