18 +  RSS  E-mail
13:51, 26 03 2019

Murojaat ijrosiga masʼullar ham jazolanadimi?


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish…

jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun taʼqib qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Samarqandda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻyganligi, ijro intizomini susaytirib yuborganligi uchun 2018 yil iyul-dekabr oylarida 247 holatda hamda 2019 yilning 20 mart sanasigacha 39 holatda rahbarlar va masʼul ijrochilarga nisbatan turli darajadagi jazo choralari qoʻllanildi.

Jumladan, rahbar kadrlar va masʼul ijrochilarga 152 ta holatda rasmiy ogohlantirish, 81 ta holatda “xayfsan” intizomiy jazosi berilib, 13 ta holatda 30 foizgacha oylik ish haqidan jarima toʻlash tartibida intizomiy jazo choralari koʻrildi.  17 holatda ijro uchun masʼul etib belgilanganlar egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Shuningdek, 23 ta holatda rahbar kadrlar va masʼul ijrochilarning maʼmuriy javobgarlik masalasi masʼul idoralar tomonidan koʻrib chiqildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.