18 +  RSS  E-mail
13:56, 26 03 2019

Buxoroda “Nasriddin Afandi” festivali oʻtkaziladi


1 aprel — Butunjahon kulgi kunini nishonlash arafasida Buxoroning tarixiy yerlarida “Nasriddin Afandi” festivaliga start beriladi.

Bayram qisqa yumoristik, satirik miniatyura va latifalarning mashhur qahramonlari, jumladan, Xoʻja Nasriddinning kundalik ertaklari bilan bogʻliq boʻlgan hazillar, mutoyibalar va rang-barang afsonalarga boy boʻladi.

Bundan tashqari, ushbu kunda “Sharq taomlari” festivali ham tashkil etiladi va tashrif buyurganlar Oʻzbekiston milliy oshxonasining mazali taomlari va shirinliklaridan tatib koʻrish imkoniga ega boʻlishadi. Tadbir ikki kun davomida oʻtkaziladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.