18 +  RSS  E-mail
13:53, 26 03 2019

Aholi daromadlarini oshirib borish – faoliyatimiz mezoni


Surxondaryo viloyati dehqonchilik uchun juda qulay hududda joylashgan. Suvimiz moʻl, tuprogʻimiz serhosil. Qishloqdagi har bir oilaning oʻrtacha 8-10 sotix tomorqasi bor. Bugun ishning koʻzini biladigan, mehnatdan qochmagan vohadoshlarimiz har qarich yerdan unumli foydalanib, unga koʻproq foyda keltiradigan, moʻl va xaridorgir hosil beradigan ekin ekmoqda.

Shu kunlarda viloyatimiz hokimi Bahodir Poʻlatov hamda sektorlar rahbarlari viloyatimiz shahar va tumanlaridagi  aholi xonadonlarida boʻlib, tomorqalardan samarali foydalanish ahvoli, ularning oilaviy tadbirkorlikka qiziqishini oʻrganishmoqda. Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

Oʻrganishlar jarayonida fuqarolarimizning zamon talabiga yangicha yondashgan holda oʻz roʻzgʻori obodligini taʼminlash, oilaviy qoʻshimcha daromad manbaini shakllantirish, iqtisodiy tejamkorlikka erishish yoʻlida olib borayotgan ijobiy harakatlarini koʻrib quvondik.

Demak, boʻsh yerlardan unumli foydalanish, issiqxonalar tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan targʻibot ishlari, mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor oʻz samarasini berayotir. Azaldan rizq undirish, bogʻ yaratishning hadisini olgan bu vohadoshlarimizning oʻz tomorqasidan barakaga erishishiga, oilasini farovon qilish barobarida bozorlarimizni ham arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga katta hissa qoʻshishiga shubha yoʻq.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.