18 +  RSS  E-mail
15:30, 25 03 2019

V.Uspenskiy nomli RIMAL tomonidan «Bolalar bolalarga» hayriya kontsert dasturi


V.Uspenskiy nomli RIMAL oʻquvchilari, oʻqituvchilari hamda litsey rahbariyati boshchiligida “Bolalar bolalarga” hayriya loyihasi doirasida Respublika Gematologiya markazi davolanuvchilari huzurida  tadbir tashkillashtirildi.

Ulugʻ ayyom «Navroʻz» bayrami munosabati bilan uyushtirilgan ushbu tadbirdan  maqsad barcha bolalarga bayram kayfiyatini taqdim etish. Har oyda V.Uspenskiy nomli RIMALda oʻtkaziladigan «Bolalar bolalarga» hayriya kontsert dasturidan tushadigan barcha mablagʻlar shu yerda davolanayotgan bemor bolalarga taqdim etiladi.

Bu tadbirda ham Gematologiya markazi binosida barcha davolanuvchilar uchun oʻquvchilar tomonidan kontsert dasturi taqdim etildi,  ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar bolalarni quvonchiga sabab boʻldi. Bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi.

Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad bolalarda barchaga yordam, qoʻllab- quvvatlash, mehr hissini oʻygʻotish, shu bolalarning tuzalib ketishlari uchun oʻzlarining kichik, lekin mehr-muhabbat bilan limmo-lim boʻlgan hissalarini qoʻshishdir.

Tadbir soʻngida barcha bolajonlar koʻzidagi quvonchni koʻrib, oʻquvchilar ham juda xursand boʻlishdi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.