18 +  RSS  E-mail
13:03, 18 03 2019

Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning muammosi


Buxoro viloyatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida manzilli ishlash tizimi joriy etilib, salbiy holatlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni oʻrganish va bartaraf etishga hamda ularlarning ijtimoiy muammolarni hal qilishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Buxoro shahridagi drama teatrida Oʻzbekiston Respublikasi IIV, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, hamda viloyat hokimligi hamkorligidagi “Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugungi kunning muammosi” mavzusida oʻtkazilgan konferentsiyada aynan ushbu masalalar yuzasidan soʻz bordi.

Shuningdek, tadbirda respublikada birinchilardan boʻlib viloyat IIB takibida “huquqbuzarlik profilaktika boʻlinmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori” lavozimi joriy etilib, bugungi kunda 17 nafar xotin-qizlarimiz ushbu lavozimga tayinlash borasida ishlar olib borilayotgani hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha Buxoro tajribasi yoʻlga qoʻyilishi mutahassislar tomonidan ham alohida eʼtirof etildi.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.