18 +  RSS  E-mail
11:36, 16 03 2019

Buxoroda norasmiy faoliyat yuritayotgan ishchilarni legallashtirishga qaratilgan oʻziga xos aktsiya eʼlon qilindi!


Viloyat hokimligi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur aktsiyaning eʼtiborli tomoni shundaki, unda ishtirok etuvchilar, yaʼni faoliyatini 2019 yilning 1 martidan boshlab qonuniylashtirgan norasmiy ishchilar, tadbirkorlar va ish beruvchilarga qimmatbaho yutuqlar topshiriladi.

Aktsiya jamgʻarmasiga koʻra,

200 ta dazmol,

200 ta mobil telefoni,

150 ta chang yutgich,

100 ta elektr choynak,

100 ta mikro toʻlqinli pech,

100 ta televizor,

100 ta muzlatgich va 50 ta velosipedlar ishtirokchilar uchun sovgʻa sifatida hozirlab qoʻyilgan.

Mazkur, aktsiyada 2019 yilning 1  martidan boshlab norasmiy mehnat faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangidan mehnat shartnomasi tuzish orqali qonuniylashtirganiga kamida 2 oy toʻlgan norasmiy ishchilar;

yangidan davlat roʻyxatidan oʻtganiga yoki faoliyatini tiklaganiga kamida 2 oy toʻlgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;

faoliyatini qonuniy rasmiylashtirganiga kamida 2 oy toʻlgan norasmiy ishlayotgan fuqarolarning ish beruvchisi ishtirok etishi mumkin.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatini qonuniylashtirgan shaxs mehnat daftarchasi va pasportidan hamda  yangidan davlat roʻyxatidan oʻtgan yoki faoliyatini tiklagan tadbirkorlar esa tadbirkorlik guvohnomasining nusxasini shuningdek, ish beruvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga qabul qilingan ishchilarining ismi sharifi, STIR raqami, ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi  boʻyruq nusxasi viloyatning hududiy davlat soliq inspektsiyalari va aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga taqdim etilishi shart.

Ushbu aktsiya adashgan va xato qilgan ish beruvchilar, tadbirkorlar hamda mehnat daftarchasisiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizni toʻgʻri yoʻlga boshlashdagi yangicha usuli bilan ham eʼtiborlidir.

Eslatib oʻtamiz, eʼlon qilingan aktsiyaning 1-turi joriy yil 5 iyun kuni, 2-turi 4 sentyabr kuni, 3-turi esa 6 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

B.FAYZIYEV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.