18 +  RSS  E-mail
11:33, 16 03 2019

15 nafar kollej oʻquvchisining zamonaviy ixtirosi koʻpchilikni hayratga soldi


Samarqand pedagogika kollejida kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida 5 ta nominatsiya xizmatlar sohasi, ishlab chiqarish va texnik soha, qishloq va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot, ijtimoiy soha, iqtisod va huquq sohalari boʻyicha oʻtkazilgan “Mohir qoʻllar” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Mazkur tanlovda 152 ta kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining 164 turdagi zamonaviy ishlanmalari koʻrgazmasi tashkil etildi. Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra eng sara zamonaviy ishlanma deb topilgan 15 nafar oʻquvchilar tanlov yakunida Viloyat kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

I.JOʻLIYEV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.