18 +  RSS  E-mail
12:21, 14 03 2019

Jizzaxda partiya tashabbusi bilan Mehribonlik uyiga 200 dan ortiq kitob hadya qilindi


Kitob va kitobxonlik faoliyatini rivojlantirish borasida OʻzMTDP vakillari tomonidan ham bir qator amaliy ishlar bajarilib kelinmoqda.

Ana shunday tashabbuslardan biri partiya Jizzax shahar Kengashi faoli Sardor Oʻsarov tashabbusi bilan amalga oshirildi. Jizzax shahridagi 29-sonli Mehribonlik uyiga tashrif uyushtirilib, tarbiyalanuvchilarni bayram bilan tabriklashdi hamda  S.Oʻsarov tomonidan jamlangan 200 dan ortiq badiiy kitoblar taqdim etildi.

Kitobxonlik kecha yoki bugun tugʻilgan emas. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga oʻxshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, maʼrifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Aksincha, haѐtda roʻy berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa maʼrifatsizlik, kitob oʻqimaslikning achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham maʼnaviyatsizlik moʻrt qiladi. Maʼnaviyat esa insonga kitob oʻqish orqali yuqadi.

Kitob targʻiboti barcha zamonlarda xalqqa ilm-maʼrifat berish, maʼnaviy kamolotga yetaklashning qudratli ijodiy quroli boʻlib kelgan.

Bunday hayrli tashabbuslar OʻzMTDP faollari tomonidan yana koʻplab amalga oshirish masalalari rejalashtirilmoqda.

Bolalarni kimgadir zarur boʻlgani uchun emas, balki ular baxtli boʻlishlari uchun kitob oʻqishga oʻrgatish kerak.

Nargiza SHAYDULLAYEVA,

OʻzMTDP Jizzax viloyat Kengashi matbuot kotibi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.