18 +  RSS  E-mail
17:27, 13 03 2019

Profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari ragʻbatlantirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori jamoat xavfsizligini  taʼminlash tizimini takomillashtirishda nafaqat mutasaddi tashkilotlar, balki keng jamoatchilikning faol ishtirokini taʼminlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi.

Yaqinda Buxoro shahridagi Yoshlar Markazida ilk marotaba tashkil etilgan profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari va faollarini ragʻbatlantirishga bagʻishlangan tadbir mohiyatan mazkur jarayonning mantiqiy davomi boʻldi.

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev viloyatda jinoyatlardan holi hududlar sonini muntazam oshirib borish, ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar sodir etilishiga chek qoʻyish, bu jarayonda fuqarolar ishtirokini yanada oshirilish lozimligini, shuningdek mazkur jarayonga befarq boʻlmagan masʼullarni ragʻbatlantirish ishlari doimiy yoʻlga qoʻyilishini taʼkidladi.

Shundan soʻng yanvar va fevral oylarida jinoyatchilik sodir boʻlmagan mahallalarning 111 nafar ichki ishlar profilaktika inspektorlari, 57 nafar mahalla raislari, 18 nafar xotin-qizlar qoʻmitalari mutaxassislari hamda  29 nafar “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faol aʼzolariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzurida tashkil etilgan jamoat xavfsizligini taʼminlashni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan pul mukofotlari topshirildi.

PS: Joriy yilning yanvar va fevral oylarida Buxoro viloyatidagi 497 ta mahallada oldini olish mumkin boʻlgan jinoyat sodir etilmadi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.