18 +  RSS  E-mail
17:28, 13 03 2019

Nega tuman sudida yutqazgan odam shahar sudidayam yutqazadi? Bu nima, beparvolikmi yoki…


Shamsiddin Sharipov: Voy boʻ shuncha izoh birorta yaxshi fikr yoʻq bizda sud shunaqami?

Pahlavon Mahmud: Ishonmasangiz hazildan biror 1 chaqaga arzimaydigan vaj toʻqib sudda nizolashib koʻring, keyin bilasiz. Sud mahkamasi joylashgan joydan yetti koʻcha naridan aylanib oʻtasiz.

Pahlavon Mahmud: Prezident hammasini biladilar. 33 millionlik jamiyatimizga tafsilotlarigacha bilishlarini eʼlon qildilar. Sabr qiling, kuting. Prezidentning xalqiga jabr qilgan, sitam koʻrsatganlarning xonadoni bilan kunfayakun topadi.

Matlyuba Mamadaliyeva: Rahbar qanday boʻlsa, xodimlar shunday boʻladi degan naql bor! Sud’yalarning bunday noinsof boʻlishiga ularning rahbari oʻsha tuman yoki shahar sudi raisining aybi murojaatchilarning shikoyat xatlariga loqaydligi sabab sudʼyalar bilgan ishini qilishmoqda Bu ishlari oʻz boshiga albatta katta kulfat olib keladi. Anavi xalq qargʻishiga qolib qamalgan katta akalar kabi.

Pahlavon Mahmud: Sud chiqargan barcha hujjatlar yozma ravishda tuziladi va ular kamida 75 yil saqlanadi, nega? Shunga asosan sud chiqargan har qanday hujjatga daʼvo muddatini 3 yil yoki 1 oy deb emas, balki muddatsiz yoki 75 yil qilib belgilash lozim. Bu muddatda davlat moddiy va maʼnaviy jihatdan qonunlarning soʻzsiz ijrosini taʼminlaydigan darajada kuchayadi, sud’ya, prokuror, advokat, fuqarolarning huquqiy ongi rivojlanadi va sud’yalar chiqargan barcha gʻayriqonuniy, adolatsiz qarorlarni bekor qilishga ziyon koʻrgan odamlarda imkon tugʻiladi. Huquqi kambagʻalligi vajidan toptalgan shaxsning farzandlari ulgʻayib, boyib, qonuniylikni adolatni taʼminlay oladigan darajada kuchga toʻladi

Barcha sud’yalar qonunga boʻysungan kundan boshlab mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boshlanadi. Bir Germaniya emas barcha rivojlangan davlatlarda sud’yalar sotilmaydi, faqat qonunga boʻysunadi. Qarang, Janubiy Koreyaning Prezidenti poraxoʻrligi uchun ayol boʻlsa ham 26 yilga qamaldi.

Nodira Rizamatova: Haloyiq bu mavzu bir yildan beri har xil guruhlarda muhokama qilinadi, lekin xali birorta bir mutassadi ikki qator munosabat bildirmadi. Oʻzimizdan boshqasi oʻqimagan oʻqimaydi ham. Baribir qargʻa qargʻani koʻzini choʻqimaydi.

Pahlavon Mahmud: Prezident davlat arqonni uzun tashlaydi, keyin yigʻib oladi, deb barchasini oldindan ogohlantirib qoʻyganlar. Oldiga ham, orqasiga ham ehtiyot boʻlsin bular. Vaqti kelsa, bittalab emas, pachkalab javobgarlikka tortadilar. Tashkilotchisidan boshlab ijrochilarigacha.

Pahlavon Mahmud: Prezident talab qilganchalik keskin boʻlmasada oʻzgarish bor. Sud’yalar vijdon amri bilanmi, Prezident gʻazabiga giriftor boʻlishidan qoʻrqibmi, har tugul barcha sohadagi, ayniqsa jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda sezilarli miqdorda qonuniy va adolatli qarorlar chiqarishmoqda. Buni tan olish lozim. Erishilgan ijobiy natijalar uchun Prezidentga tashakkur. Sud’ya qonuniy qaror chiqarsa, minnatdorlik bildiramiz, olgan ish haqi haloli boʻlsin, Alloh barakasini bersin, farzandlarining toʻyiga sarflasin. Rahmat.

Nodira Rizamatova:  Men hali unaqa adolatli sud’yani koʻrmadim.

Xonzoda Sadikova: 10 foiz haqiqatni, qolgani tergov xulosasiga koʻra sud hukm oʻkiydi. Xullas tuman, shahar, viloyat tergov va sud instantsiyalarini tubdan isloh qilish kerak. Lekin ularni nafsi… qanaqa qilib bular oxiriga yetadi, baʼzan oʻylanib qolaman.

Otabek Quvondiqov: jinoyatchi, tergovchi, prokuror, sud’ya tili bir boʻlsa, advokat deganlari dallol boʻlsa, qani ayting-chi, adolatni qayoqdan chiqarasiz?

Pahlavon Mahmud: Oʻylaganingiz yaxshi. 33 mln aholining hammasini oʻylantirishi kerak bu muammo. Bizdan tepada yelkasi biznikidan keng pahlavonlar va boshi biznikidan katta donishmandlar turishibdi. Mamlakatda sogʻlom sohaning oʻzi qolmagan bir sharoitda Sh.Mirziyoyev davlat rahbarligini katta jasorat bilan qabul qilib oldilar. Buni tarixchilar keyingi avlodlarga yozib qoldirishlari kerak. Maxsus xizmat xodimlari DXX har bir davlat organi rahbarini emas har bir xodimi nima bilan mashgʻulligini aniq biladilar va Prezidentni xabardor qiladilar. Prezident ruxsat bersalar boʻldi, qora qargʻalar hammasini kerakli manzilga yetkazib qoʻyadi. Ammo, Prezident ularning oilasini oʻylab hozircha bunga ruxsat bermasdan, bir, ikki, uch toʻgʻri, qonuniy ishlanglar, deb ogohlantirib, tarbiyalab kelmoqdalar. Ammo, u kishi ham inson, temirdan yasalmagan, bir kuni sabr-kosasi toʻlishi mumkin.

“Xalq bilan muloqot”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.