18 +  RSS  E-mail
15:09, 12 03 2019

Jizzaxlik fuqaro lotereyadan yutib olgan 839 million soʻmning bir qismini xayriya ishlariga sarflamoqchi


“Sharqona lotto” lotereyasi “36 dan 6” oʻyinining 103-yutuqlar tirajida 839 126 400 soʻm yutib olgan omadli inson aniqlandi. Bu haqda Xalq banki matbuot xizmati xabar berdi.

Yutuq sohibi Bahrom Yalgashevning soʻzlariga koʻra, u Xalq banki tomonidan tashkil etilgan “Omad lotto” va “Sharqona lotto” lotereyalarini muntazam ravishda oʻynab keladi. Bungacha 2 va 3 kategoriyalar boʻyicha yutuq sohibiga aylangan yurtdoshimiz  bir kun kelib Jekpot sohibi boʻlishiga ham chin dildan ishongan.

Hamyurtimiz ushbu yutuqning bir qismini hayriya ishlariga sarf qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, yutuqning qolgan qismini esa bankka qoʻyish istagini bildirgan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.