18 +  RSS  E-mail
15:01, 12 03 2019

Forish tumanida “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi


Forish tuman hokimi tashabbusi bilan “Xonbandi” MFYda “Yoshlar markazi” tashkil etildi va Respublika yoshlar markazi tomonidan 12 dona komp’yuter, 12 dona tikuv mashinasi va 1000 dona eng sara badiiy kitoblar taqdim etildi.

“Xonbandi” MFYda ishsiz yurgan yoshlar vaqtini toʻgʻri va mazmunli tashkil etish maqsadida respublika yoshlar markazi tomonidan toʻgaraklar tashkil etildi va bu toʻgaraklarda uyushmagan yoshlardan bir nechasi ish bilan taʼminlandi.

Yoshlar markazida “Yosh ijodkorlar”, “Pazandachilik”, “Tikuvchilik”, “Anʼanaviy musiqa”, “Ingliz tili” kabi toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, markazda tashkil etilgan kasbga oʻrgatish yoʻnalishidagi “Tikuvchilik” toʻgaragi oʻquvchilari oʻzlariga qiziqarli va foydali boʻlgan mashgʻulotlarni oʻrganish bilan band. Toʻgarak rahbari Barno Sultonbekova ularga har kuni ayollar uchun milliy liboslar hamda roʻzgʻor buyumlari tikishni oʻrgatib kelmoqda.

Ayni paytda yoshlar markazida 12 ta toʻgarak tashkil etilgan boʻlib, ularga oʻz kasbining fidoyi yoshlari rahbarlik qilmoqda. Yoshlar toʻgaraklarda bilim va koʻnikmalarni qoʻlga kiritgach, ularga maʼlumotnoma va sertifikatlar topshiriladi.

Farida ISLOMOVA,

“Ingliz tili” toʻgaragi rahbari.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.