18 +  RSS  E-mail
8:33, 11 03 2019

Qanday qilib toʻgʻri ovqatlanish kerak?


Bugungi tezkor davrda, biz qanday ovqatlanish lozimligiga kamroq vaqt sarflaymiz. Ushbu oddiy maslahatlarga amal qilinsa, ovqat tanaga faqat foyda keltiradi.

Kunda uch xil rangdagi, masalan shaftoli, brokkoli va pomidor yoki avakado, bargli koʻkatlar va lavlagi kabi meva yoki sabzavotlarni isteʼmol qiling.

Tarkibida xavfli yogʻlar mavjud boʻlgan mayonez va margarinli ovqatlar, saqichlar, jamoat ovqatlanish shoxobchalari, fast-fuddan oʻzingizni olib qoching.

Paketlarga quyilgan sharbatlar, gazli ichimliklar va «ogʻir» alkogol mahsulotlar isteʼmol qilishdan voz keching.

Sulili boʻtqa bilan nonushta qiling. Tayyor nonushtalik va tez eruvchan boʻtqalarda shakardan tashqari har xil boʻyoqlar, taʼmni kuchaytiruvchi, konservantlar va boshqa xavfli kimyoviy birikmalar mavjud.

Uyqudan 4 soat oldin oxirgi taom yeyiladi. Kechqurun qatiq ichish zarur.

Har ovqatlanishdan oldin bir stakan toza suv iching.

Qaynatilgan, bugʻda pishirilgan, va dimlama taomlarni afzal koʻring.

Haftada kamida uch marotaba taomda 150 gramm moyli dengiz baliqlari (skumbriya, forel, losos, semga) va dengiz karami boʻlishi kerak.

Ovqatlanish oʻrtasida uzilishlar 3-4 soatdan oshmasligi kerak.

Doimo yangi meva, rezavor, asal va yongʻoqlar isteʼmol qilish afzal.

Vitaminlar qabul qiling.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.