18 +  RSS  E-mail
8:31, 11 03 2019

Impichment Trampning qayta saylanishini kafolatlaydi


Bir paytlar impichment jarayoni Bill Klintonni milliy qahramonga aylantirdi, Donal’d Tramp esa undan koʻproq foyda olishi mumkin, deya xabar beradi Fox Business. Telekanal taʼkidlashicha, ilgari Tramp «chuqur davlat» hiylalari haqida shikoyat qilgandi va impichment jarayoni yuz bergan taqdirda uning «taxmini» jamoatchilik koʻzi oldida oqlangan boʻladi.

Xafa boʻlgan demokratlar haliyam impichmentdan umidvor va milliarder Tom Stayyer prezidentni hokimiyatdan chetlatish uchun oʻz boyligini berishga tayyor. Stayyer prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻya olmaydi: u gʻalati va gʻayrioddiy. Shuning uchun u oʻz mablagʻini bu siyosiy teshikka oqizadi va har qanday holda yutqazadi.

Kongressga birinchi bor saylangan Rashid Tlaib kabi ehtirosli “bolalar” Stayyerga oʻxshab qonunchilik organidagi oʻzlarining asosiy vazifalari Tramp narsalarini yigʻishtirib, oʻzining Mar-a-Lagosiga butunlay ketishi kerak, degan qarorga kelishgan. Ularning katta istaklari va yolgʻon dilemmalariga qaramay, ular hali ham aniq dalillar topa olishmadi. Albatta, ular Maykl Koennning fitna nazariyalariga bogʻlanib qolishdi, ularni yolgʻon umidlar bilan boyitishdi. Lekin ularning asossiz orzulari ularga impichment jarayonini boshlash uchun aniq va toʻgʻri keladigan dalillar bera olmadi.

Impichment prezidentni qayta saylash uchun albatta gʻolib chiqadigan gambitdir. U abadiy dushmanlari doirasini belgilaydi va nihoyat oʻz elektroral bazasidan tashqari qiziquvchi saylovchilar oʻrtasida xushyoqishni uygʻotadi.

Impichment Bill Klintonni xalq qahramoni darajasiga koʻtardi.

«Chuqur davlat» va obroʻsizlangan ommaviy axborot vositalari haqida shikoyat qilgan va demokratlarning siyosiy uzoqni koʻra olmasligi va mukkasidan ketganligiga tanbeh berganligi uchun impichment Trampga katta yordam beradi.

Agar demokratlar muvaffaqiyat qozonishsa, Tramp nafaqat lavozimidan chetlashtirilmaydi, uni qayta saylashlari kafolatlanadi! Nafaqat saylovchilarning hamdardligi, balki uning eski taxmini toʻgʻri chiqqanligidan paydo boʻlgan joʻshqinlik saylovda burilish yasaydi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.