18 +  RSS  E-mail
10:16, 09 03 2019

Faoliyatini tiklayotgan tadbirkorlar soni ko‘paymoqda


Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida soliq islohotlari kontseptsiyasi doirasida 2019 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun qatьiy belgilangan soliq stavkalari 2018 yilga nisbatan 25-30 foiz miqdorida pasaytirildi. Jumladan, yakka tartibda oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlari bilan chakana savdo faoliyat turi uchun viloyat bo‘ysinuvidagi shaharlar xususan, Guliston shahrida 750 ming so‘m, boshqa shaharlarda 400 ming so‘m, boshqa aholi punktlari uchun esa 300 ming so‘m miqdorida belgilangan.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo viloyat bo‘ysinuvidagi shaharlarda 200 ming so‘m, boshqa shaharlarda 100 ming so‘m va boshqa aholi punktlarida 50 ming so‘m miqdorida belgilanganligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga juda keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Bu kabi imkoniyat va engilliklarning fuqarolarga etkazilishida viloyat davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan tushuntirishlar, profilaktik tadbirlar va suhbatlar o‘z samarasini bermoqda.

Natijada 274 nafar fuqarolar davlat xizmatlari markazidan yangidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan 376 nafar tadbirkorlar faoliyatini qayta tikladi. Noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan 64 nafar yollanma ishchilar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta’minlandi.

O‘.SARIBAEV,

Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.