18 +  RSS  E-mail
11:25, 07 03 2019

Olimalar uchun tanlovda ishtirok eting!


1998 yildan buyon tabiiy fanlar sohasidagi olima ayollar va yosh tadqiqotchilar uchun UNESCO/LʼOREAL mukofoti va stipendiyasi joriy etilgan boʻlib, mazkur dasturning asosiy maqsadi tabiiy fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olima ayollarning jahon miqyosida tan olingan kashfiyotlarini eʼtirof etish va yosh tadqiqotchilarni qoʻllab quvvatlashdir.

Bugungi kunda tabiiy fanlar sohasidagi olima ayollar va yosh tadqiqotchilar uchun UNESCO/LʼOREAL mukofoti va stipendiyasi 2019 yil tanlovi natijalari maʼlum boʻldi. Tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi Parij shahrida joriy yilning 14 mart kuni oʻtkaziladi. 2019 yilgi mukofotlarga (100,000 Yevro miqdoridan) Livan, Yaponiya, Argentina, AQSh va Frantsiya davlatlarining olimlari sazovor boʻldilar. BAA, Tunis, Misr, Gana, Kanada, Argentina, Meksika, Singapur, Yaponiya, Avstraliya, Finlyandiya, Daniya, Ispaniya, Litva, Turkiya davlatlaridan yosh tadqiqotchilar esa yillik 20,000 AQSh dollari miqdoridagi stipendiyalar uchun tanlab olindi.

Yurtimiz olimalaridan Dilfuza Egamberdiyeva (Oʻzbekiston Milliy universiteti) 2006 yili, Barno Sultonova (Bioorganik kimyo instituti) 2007 yili, Nilufar Mamadaliyeva (Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti) 2011 yili UNESCO/LʼOREAL stipendiyasiga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston ilm-fandagi ilgʻor natijalarni jahon boʻyicha targʻib etish maqsadida mazkur tanlov dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2019 yil iyun oyidan boshlab www.forwomeninscience.com/en/rising_talents veb-sahifasi orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.