18 +  RSS  E-mail
9:41, 07 03 2019

Nafosat egalariga ehtirom!


Xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish — xalqimizda azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan. Zero, ayol — hayotimizning fayzi va koʻrki, mazmuni, xonadonlarimiz farovonligining kafolatidir.

8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Buxoro shahridagi “Parizod” marosimlar uyida oʻtgan tadbirda shu xususida soʻz bordi.

Tadbirni viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev ochib berdi.

Marosimda jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgani uchun bayram arafasida “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlangan 15 nafar viloyatdoshlarimizga nishonlarni topshirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida namoyish etilgan respublika va viloyatimiz sanʼat ustalarining chiqishlari nafosat egalarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Mazkur tadbir viloyatimizning barcha hududlarida davom etadi.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.