18 +  RSS  E-mail
13:45, 06 03 2019

Yangi turistik firmalar, mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari


Samarqandga sayyohlar oqimining oshishi tufayli, mehmonxonalarga boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni rivojlantirishda tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilayotgan ishlar ahamiyatli boʻlmoqda.

Samarqand shahri, A.Jomiy koʻchasida 47 oʻringa moʻljallangan “CINZANO COMPLEX HOTEL” mehmonxonasi, Oqsaroy koʻchasidagi “Amir oila” va Iskandarov koʻchasidagi “Antica” hamda “YAKUBJON GUEST HOUSE” oilaviy mehmon uylari oʻz faoliyatini boshlashi fikrimizning isbotidir.

Shuningdek, sayyohlarga har tomonlama sifatli xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida «FORTUNE TRAVEL», «SOFT SPACE» va «JAFAR TOURS» kabi yangi turistik firmalar oʻz faoliyatini boshlashdi.

Bugungi kun holatida Samarqand viloyatida 5008 oʻringa ega 121 ta mehmonxona va 30 ta mehmon uylari hamda 140 turistik firma sayyohlarga oʻz xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.