18 +  RSS  E-mail
9:33, 05 03 2019

«Sening borliging moʻʼjiza, ayol!»


Toshkent viloyati Angren shahridagi 10-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida  shahar maktabgacha taʼlim boʻlimining Angren shahar madaniyat boʻlimi hamda taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi, Angren shahar kengashi hamkorligida 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan «Sening borliging moʻʼjiza, ayol!» nomli bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda kasaba uyushmasi kengashi raisi Baxtiyor Yuldashev, madaniyat boʻlimi mudiri Shokir Mirjalilov, 10-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Burxon Abdullayevlar ayollarimizni kirib kelayotgan bayramlari bilan samimiy qutlashdi.

Maktabgacha taʼlim boʻlimi, maktabgacha taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlarida koʻp yillardan buyon samarali mehnat qilayotgan ayollar kasaba uyushmasi tomonidan bayram sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shahar maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.