18 +  RSS  E-mail
9:41, 05 03 2019

Energiya samaradorligini oshirish


Ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes subʼektlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklarini koʻrsatish maqsadida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes subʼektlari, xamda tijorat banklarining vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir hududlardagi tadbirkorlar, sanoat korxonalari hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Davra suhbati davomida loyihaning afzalliklari va kredit mablagʻlari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish tartiblari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, Loyixani muvofiqlashtirish guruhi ikkita sanoat korxonasi — “Jarqoʻrgʻonneftqaytaishlash” va “Surxon kombinati” (temir-beton mahsulotlari)ga  tashrif buyurib, ularning rahbariyati bilan ushbu kredit liniyasidan foydalangan holda  istiqbolli sub-loyihalarni amalga oshirish masalalarni koʻrib chiqdilar. “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.