18 +  RSS  E-mail
8:33, 04 03 2019

Mail on Sunday dan Yakovenko haqida yolgʻon uchun kechirim soʻrashni talab qilishmoqda


Londondagi Rossiya elchixonasi  Mail on Sunday dan elchi Aleksandr Yakovenko haqida yolgʻon maʼlumotni chop qilgani uchun kechirim soʻrashni talab qildi. Diplomatik missiya  gazetaning bosh muharriri Ted Veritiga shunday talab qoʻyilgan maktubni yubordi.

Unda koʻrsatilishicha, Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi hozirgi elchisi Aleksandr Yakovenko josuslikda ayblanib, AQSh chiqarib yuborilganligi haqidagi maʼlumot haqiqatga mos  emas. Maktub mualliflari A.Yakovenkoning 1981 yildan 1986 yilgacha N’yu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotida Rossiya doimiy vakolatxonasida ishlagan va 5 yillik xizmat safari yakunlangach, Rossiyaga qaytgan.

«Uni AQShdan chiqarib yuborilgani haqidagi maʼlumot ochiq-oydin yolgʻondir. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, elchi sizning uzr soʻrashingizni kutmoqda», deb maktubdagi soʻzlarni keltiradi RIA Novosti nashri.

Shuningdek Rossiya elchixonasi A.Yakovenkoning «josuslik faoliyati» uchun davlat mukofotiga sazovor boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rad etdi. Aslida 1993-1998 yillarda Xalqaro kosmik stantsiyasini ishga tushirish boʻyicha muzokaralarda A.Yakovenko Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilganligi uchun II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanganini tushuntirishdi. Yakovenko muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlab, Vashingtonda bitim imzolaganidan keyin 1998 yilda ushbu mukofotga sazovor boʻldi, deya qoʻshimcha qildi  diplomatik missiya.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Yakovenkoga nisbatan “ingliz matbuoti tekshiruvi»ni sharhlab, maqolani «ochiq-oydin yolgʻon», deya atadi. Bunday soxta maʼlumotlar bosh masaladan chalgʻitishini eslatdi: «2018 yil 4 mart kuni Solsberida nima sodir boʻldi?»

Foto: vesti.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.