18 +  RSS  E-mail
8:32, 04 03 2019

Askarlikka munosib yigitlar boradi


— Keyingi ikki-uch oy ichida harbiy xizmatga chiqariluvchilar bilan har bir tumanda oʻzim suhbatlashib chiqdim. Toʻgʻrisi, ayrim yigitlarimizning fikrlash qobiliyati, bilim darajasi meni qoniqtirmadi. Ular Amir Temur asarlarida askarlikka oid keltirilgan xulosalardan xabardor emas.

Shahar va tuman hokimlari mudofaa boʻlimlarida chaqiriluvchilar bilan ishlash uchun imkon darajasida yordam berishdi. Ammo chaqiruv komissiyasiga jalb etilgan rahbarlarning baʼzilari oʻz oʻrinlariga oddiy xodimlarini joʻnatishi holati mavjud.

Ayniqsa, tibbiy komissiyalarimiz faoliyati talabga javob bermaydi. Unga koʻpincha ishi kamroq shifokorlar jalb etiladi. Shu sababli oʻtgan chaqiriqdan sogʻlom deb oʻtkazilgan 8 nafar yigit turli kasalliklari tufayli harbiy xizmatdan qaytib keldi. Bu holat boʻyicha kamchilikka yoʻl qoʻygan vrach-mutaxassis maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Viloyat chaqiruv punktida viloyat hokimining yordami bilan ota-onalar, jamoatchilik oshkora kuzatib borishiga sharoit yaratilmoqda. Boshqarmamizning +99897-927-08-04 raqamli telegrami ishlab turibdi. Bu galgi chaqiruvni adolatli oʻtkazishga harakat qilamiz.

Farhod ALIMJONOV,

Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi.

Foto: zarnews.uz


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.