18 +  RSS  E-mail
11:25, 02 03 2019

Tomorqa-daromad manbai


Muhtaram Yurtboshimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida aholi xonadonlarida tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish, xonadonlarda qoʻshimcha ravishda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, baliqchilik, asalarichilik kabi yoʻnalishlariga jiddiy eʼtibor qaratgan holda “Tomorqa-qoʻshimcha daromad manbai” ekanligini viloyatimizning barcha faollariga uqtirib oʻtgan edilar.

Viloyatimizdagi barcha tomorqa yer egalari ushbu bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, tomorqachilikda Sirdaryo namunasini yaratishga ahd qilgan holda mehnat qilishmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash hamda bahorgi mavsumda tomorqa yer uchastkalariga ertaki ekinlar ekish, issiqxonalar yaratishni samarali tashkil etishni barcha tumanlardagi sektor rahbarlariga, mahalla fuqarolar yigʻini raislariga, tashkilot va korxona rahbarlariga namunali tarzda koʻrsatish maqsadida Oqoltin tumani Shodlik mahalla fuqarolar yigʻinida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muxammadiyevlar ishtirok etishdi.

Seminarda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Eshmatov, Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari U.Muxammadiyevlar soʻzga chiqib, tashrif davomida yurtboshimiz tomonidan viloyatimizga berilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalangan holda topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Xususan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida viloyat uchun 415,0 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi shular jumlasidandir. Dastur doirasida Oqoltin tumaniga 37,0 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsa, mazkur mahalla uchun 3 mlrd. soʻm ajratilishi rejalashtirilgan. “Shodlik” mahallasida 800 ta xonadonlarning 24 gektar tomorqasi mavjud boʻlib, mahallada asosan oqova suv muammosi mavjud edi. Shu sababli 2,7 km oqova suv tarmogʻini tortish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 1,3 km oqova suv tarmogʻi tortildi. Natijada 230 ta xonadonning aholi tomorqalari oqova suv bilan taʼminlandi.

Shuningdek, mahalla aholisi uchun 21,0 ming ta mevali koʻchatlar tarqatilgan boʻlsa, 46 ta ixcham issiqxonalar tashkil etildi.

Eng muhimi “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan mahalla aholisi uchun eksportbop urugʻlar yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bank krediti hisobiga aholining talabidan kelib chiqib 8 ta motokul’tivatorlar tarqatib berildi.

Koʻrgazmali seminarning asosiy maqsadi nafaqat Oqoltin tumanida balki viloyatning barcha hududlarida masʼullar oʻzlarining hududlarida ham xuddi shunday tartibda ish tashkillashtirishlari koʻzda tutilgan.

Eng asosiysi Prezidentimiz taʼkidlaganidek xalqimizni tomorqadan samarali foydalanib, 3-4 marta hosil olishga oʻrgatish orqali avvalo oilasining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, qolaversa ichki istʼemol uchun bozorga mahsulot chiqarib, qoʻshimcha daromad olishga oʻrgatishdan iborat.

Viloyatda bunday tadbirlar davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.