18 +  RSS  E-mail
11:23, 02 03 2019

Nargiza Yunusova Samarqand viloyatining eng faol adolatchi ayoli


Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazida “Yilning eng faol adolatchi ayoli” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tanlovda viloyatimizdagi dunyoqarashi keng, siyosiy-huquqiy savodxon, umumbashariy qadriyatlarni yaxshi oʻzlashtirgan, amalga oshirgan ishlari jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilgan faol ayollar ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga koʻra, tayloqlik Nargiza Yunusova birinchi, payariqlik  Raʼno Qarshiyeva ikkinchi, oqdaryolik Nilufar Burxonova uchinchi oʻringa munosib deb topildi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.