18 +  RSS  E-mail
9:41, 02 03 2019

Huawei moliya direktori ekstraditsiya qilinishi sababli Xitoy Kanadaga norozilik bildirdi


Xitoy hukumati Kanadaning Huawei kompaniyasi moliya direktori Men Van’chjouni Amerika Qoʻshma Shtatlariga ekstraditsiya qilish jarayonini boshlash haqidagi qaroridan «qatʼiy norozi”ligini bildirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida xabar berilgan.

Vazirlik Huawei moliya direktori ishi boʻyicha Xitoyning pozitsiyasini «aniq va bir xil» deb atadi — Pekin bu qarorga Xitoy fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini jiddiy buzish, deb qaraydi. «Bu jiddiy siyosiy hodisa”, deyiladi bayonotda.

Vazirlik AQShni hibsga olish haqidagi orderni bekor qilish va Men Van’chjouni ekstraditsiya qilish soʻrovini chaqirib olishga, Kanadani esa moliya direktorini ozod qilish va uni Xitoyga qaytishiga imkon berishga chaqirdi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.