18 +  RSS  E-mail
14:00, 01 03 2019

Bir xil jinoyatga har xil jazo tayinlashi qozining kayfiyati va qoʻlning kiriga bogʻliq-mi?


Ulugbek Hasanov: 5 tadan 10 tagacha EKIH deb belgilanadiku bizlarni qonunlarda, ana oʻshanisi bilib chiqaradi, kami boylarga, koʻpi oddiy xalqqa.

Baxodir Suyarov: Bunday tafsiflanishiga asosiy sabab sobiq Ittifok davrlarida pora olishni usuli, pul bersa jarima tayinlaydi, bermasa 3 yil qamoq tayinlaydi. Barcha Kodekslarni JK, JPK, MJtK, FK qayta koʻrib chiqish zarur va shart.

Rustam Aliyev: Nimaga shu moddaning 2-3-qismlaridagi 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi haqida eslatmayapsiz.. Menimcha jazo qozining kayfiyati va qoʻlning kiriga qarab emas, firibgarning zararni qoplashi va yetkazilgan zarar miqdoriga qarab boʻlsa kerak…

Rasul Barnoyev: Qozining kayfiyatiga emas, qanday moylanganiga bogʻliq.

Leyla Lvitsa: Ha, asti soʻramang…

Shaxnoza Askaraliyevna: Bu hozir Toshkent shahar tergov boʻlimlarida… Aniqroq aytilsa qonun yoʻli bilan tovlamachilik qilish! Xohlagancha ayblashsin, lekin isbot dalil boʻlmasachi? Ayblovdagi summalar bank plastik kartalarda mavjud boʻlmasachi? Hech kim tekshirmaydi! Prokuratura indamay tasdiqlaydi! Topib beringlar summalarni desang qamaydi! Sudga iloji boʻlsa tezroq hukm oʻkisa boʻldi! Tekshirib oʻtirish bilan boshini qotirmiydiyam! Hammasi quda-anda bular! Xalq bu kim? Hech kim! Xohlagancha ustidan kulishadi!

Umid Akramov: Jinoyatchining choʻntagiga bogʻliq!

Nurbek Bekchanov: Vaziyatga

Baxtiyor Xadjayev: Mening ishimda ham 168-moddani qonuniy nikohda turadigan er jabrlanuvchi, xotini jinoyatchi deb ham baholangan. Ammo hech kim sud’yani kayfiyati yoʻq edi, demadi hali xam.

Menimcha bilimga bogʻliq va nazoratga.

Raʼno Goziboyeva: Qonunlar ishlamagandan keyin axvol shu da..

Djaxongir Xamidov: Kvalifikatsiya degani bu.

Shokirjon Xamrayev: Sudning hukm va hal qiluv qarorlari oʻsha ishni koʻrgan sud’yani vijdoniga bogʻlik, sud ishni qonunga asosan qabul qilmaydi, oʻz xohishi, qaysi qonuni qoʻlashni lozim topsa, oʻsha qaror qabul qilinadi.

Shuhrat Chuliyev: Hamma ishda qozining kayfiyati muhim.

Rustam Aliyev: Hozir qamash talab qilinmayapti. Zararni undirishga koʻproq eʼtibor qaratilyapti.. Oldinlari tovuq oʻgʻirlagan 5 yilga qamalardi… Hozir milliard oʻgʻirlasa ham zarar qoplansa, yengil kurkitish bilan kifoyalanishyapti..

Shuhrat Razzoqov: Qonunlarimiz moddasidan “GAChA” degan soʻzni zudlik bilan olib tashlash kerak, chunki mana shu soʻz qozilarimiz uchun korruptsiyaga ochiq yoʻl boʻlmoqda.

Abduxalim Sobirov: Albatta.

Xon Zoda: Xalqimiz sudlarga umuman ishonmay qoʻyibdi

Maksud Niyazov: Avvalambor sud’yalar firibgarlik bilan fuqarolik tartibidagi munosabatlarni farqini bilib olishi kerak. Qolaversa, jinoyatni sostavini oʻrganishi, JPK talabiga qat’iy rioya qilinishiga e’tibori zarur. Shuningdek, xohlagan ishni oqlab, xohlaganini ayblab oʻtirishiga nima deysiz?

Shavkatjon Inomjonov: Bir xil jinoyat uchun OʻTA XAVFLI RETSIDIVIST va birinchi bor jinoyat sodir etgan shaxsga bir xil jazo tayinlash ham ADOLATDAN boʻlmasa kerak?!

“Xalq bilan muloqot”dan

Jamoat Nazorati: Taʼriflashga til ojiz.

Muzaffar Karabayev: Bizda mumkin.

Baxtiyor Barakayev: Yoʻq. Javobgarlikka tortilgan odamning nasl-nasabi, mansabi, obroʻ-e’tiboriga bogʻliq. Hatto, katta mansabdagi odamlar — uy kamogʻida saqlanadi, jamoatchilik qamoqxonasida emas!

Maqsud Ibragimov: Qotilni sud qilishyapti… Advokat qoʻlidan kelganicha qilib, qotilni ozod qildirtirdi…. Oxirgi soʻz oqlangan jinoyatchiga berildi: — Men qotillik qilish bunchalik yaxshi ekanligini bilmagan ekanman…

Doktor Bahora: Ha.

Sherzod Kukanov: Jinoyat uchun jazo yengillashib borgan sari aldoqchi va firibgarlar soni oshmoqda. Xatto firibgar olgan pulini tan olmay qoʻydi.

Adxam Yusupov: Taʼriflashga soʻz ojiz.

Axtam Radjabov: Barcha kodekslardan «yoki» degan jumlani olib tashlash kerak, jazo hammaga bir xil, aniq boʻlishi kerak. Ikkilamchi standart bor joyda korruptsiya boshlanadi. Qonunchilik palatasi va Senat qayerga qarayapti? ? ?

Umida Choriyeva: Jazolanayotgan insonni orqasida qancha boylik borligiga qaraydilar qozi janoblari.

Umida Choriyeva: Beradigan porasini necha soʻmligiga qaraydilar qozi janoblari.

Azizbek Musaohunov: Bizda pul boʻlsa qonunni ham oʻzgartirish mumkin. Buni hamma tushunib boʻldi-ku!

Kaxramon Murodov: Podshohlik zamonlarda oʻgʻri, muttahamlarni qoʻlini, kallasini chopar edilar, yengil jazo zindonband yoki quvgʻin qilinar edi. Eʼtibor bersak, oʻsha davrlarda tsivilizatsiya uncha rivojlanmagan. Savol tsivilizatsiya rivojlanmagan paytlarda nima uchun bunaqa ogʻir jazo qoʻllanilgan? Hozirchi tsivilizatsiya rivojlangan, jinoyatlar kundan kun ogʻirlashib borayapti, lekin jazo «engil». Oʻzidan oʻzi savol tugʻiladi, nima uchun jinoyat koʻpayapti? Mana shu oddiy haqiqatni hech kim bilmaydimi yo aqli yetmaydimi?

Vaxid Muxitdinov: Tarbiyasi va vijdoniga xavola… Baʼzilari ota-onasini xam sotadi!

Xayrullo Djumaboyev: Qozining kayfiyati, qoʻlning kiriga bogʻliq.

Xusniobod Abduraxmonova: Tergovchi oʻzini kayfiyatiga qarab ish qilib beradi. Aniqlamay, tekshirmay sud’ya kayfiyatiga qarab jazo belgilaydi. Prezidentimiz nimaga qarshi kurashamiz, desalar organ xodimlari shunaka kurashadiki, toʻgʻri-notoʻgʻri, haq-nohaqga qaramay tanish-bilishchilik qilib ish koʻrishadi.

Atxam Xolboyev: Bogʻliqda, ayniqsa qoʻlni kiriga.

“Xalq fikri”dan

Foto: news.bigmir.net


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.