18 +  RSS  E-mail
15:12, 28 02 2019

Samarqand delegatsiyasi Turkiyaga xizmat safariga yuborildi


Viloyat hokimligi tashabbusi bilan bir guruh samarqandlik mutaxassislardan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga xizmat safariga yuborildi.

Delegatsiya tarkibida viloyat hokimligi, viloyat moliya, maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, obodonlashtirish boshqarmalari, Urgut tumani, Samarqand shahar hokimliklarining vakillari faoliyat olib borishmoqda.

Xizmat safaridan koʻzlangan maqsad chet el tajribalarini oʻrganish hamda amaliyotda Samarqandda joriy etishga qaratilgan.

Delegatsiya aʼzolari Turkiyada issiqxonalar tizimi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga masʼul korxonalar, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari hamda autsorsing xizmatini koʻrsatib kelayotgan firmalar faoliyati bilan tanishishlari va tajriba almashishlari belgilangan.

Shuningdek, madaniy meros obʼektlarini saqlash borasidagi turkiyalik mutaxassislar faoliyati bilan ham yaqindan tanishish belgilangan.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.