18 +  RSS  E-mail
15:10, 28 02 2019

Jizzaxda yoshlar kovorking markazlari yana bittaga koʻpaydi


Jizzax shahrida “Orom” yoshlar kovorking markazi foydalanishga topshirildi. Markazda yoshlar uchun 50 ta ish oʻrni yaratildi.

— Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga berayotgan eʼtibordan samarali foydalanishimiz kerak, — deydi tadbirkor Bunyod Qoʻngʻurov. — Markazni bunyod etishimizda bank krediti va oʻz mablagʻimiz hisobidan jami 6 milliard soʻm mablagʻ sarfladik. Majmuada bouling klubi, musiqa zalini, bolalar oʻyin maydonchasini ishga tushirdik.

Markaz “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturiga asosan viloyatda ishga tushilgan uchinchi kovorking markazi. Bungacha Doʻstlik, Paxtakor tumanlarida ana shunday kovorking markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Ushbu dasturga muvofiq, 2018 yilda Zafarobod, Paxtakor, Gʻallaorol va Zarbdor tumanlarida “Yoshlar mehnat guzari” majmualari foydalanishga topshirilib, 113 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

2019 yilda tumanlarda 13 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksini tashkil etish uchun bino va yer maydonlari ajratildi. Ushbu guzarlarning ishga tushirilishi bilan 220 ta ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.