18 +  RSS  E-mail
15:41, 27 02 2019

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi


Toshkent shahrida ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes subʼektlari hamda tijorat banklarining vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi — ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan kichik biznes subʼektlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklarini koʻrsatishdan iborat.

Tadbir hududlardagi tadbirkorlar, sanoat korxonalari hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Davra suhbati davomida loyihaning afzalliklari va kredit mablagʻlari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish tartiblari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shu bilan birga tadbir davomida “Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ, “Bektemir spirt” AJ kabi yirik korxonalar vakillari loyiha doirasida energosamardor uskunalarni joriy etish natijalari va tajribalari toʻgʻrisida ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdilar.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.