18 +  RSS  E-mail
14:00, 26 02 2019

Jizzaxda paxta maydonlari tomchilatib sugʻoriladi


Joriy yildan boshlab Jizzax viloyatida paxta maydonlarini tomchilatib sugʻorishga kirishiladi.

Respublika Suv xoʻjaligi vazirligining viloyat hokimligi bilan  hamkorlikdagi loyihasi natijasida 2019-2020 yillar davomida fermer xoʻjaliklari  ixtiyoridagi 1 ming 231 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish usuli joriy etiladi.  Mutaxassislarning fikriga koʻra, tomchilatib sugʻorish nafaqat obi-hayot tejamkorligiga erishish, balki tuproq erroziyasining oldini olib, yerlar hosildorlikni oshirilishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.