18 +  RSS  E-mail
10:03, 25 02 2019

Xorijlik shifokorlar jarrohlik amaliyotini oʻtkazishdi


Samarqand davlat tibbiyot institutining 2-son klinikasi (Bolalar xirurgiya markazi)da N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqotlar tibbiyot universiteti professorlari I.Babanin va V.Sharunovlar tomonidan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Unda katta yoshdagi erkaklar va oʻgʻil bolalarda uchraydigan urologik kasalliklar boʻyicha 40 nafarga yaqin bemorga yuqori malakali tibbiy xizmat koʻrsatilib, bepul tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi. Professorlar tomonidan 8 nafar bemorda zamonaviy maloinvaziv (endoskopik) usullarda jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.

Shuningdek, xorijlik tajribali shifokorlar samarqandlik mahalliy vrachlar uchun jarrohlik mahorat darslarini ham oʻtab berishdi.

Samarqand viloyati hokimligi  matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.