18 +  RSS  E-mail
15:53, 22 02 2019

Jizzaxda 68 nafar norasmiy xodimning qonuniy ishga joylashishi taʼminlandi


Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasi va hududiy davlat soliq organlari tomonidan viloyatda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida yalpi pasportlashtirishtadbirlarini amalga oshirdilar.

-Bu jarayonda tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan hech qanday maʼmuriy va moliyaviy jarimalar qoʻllanilmaydi hamda mavjud tushunmovchiliklar va kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi, — deydi viloyat DSB boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Bahriddin Nazarov.

Mazkur tadbirlarga 135 nafar davlat soliq xizmati organlari xodimlari jalb etilib, dastlabki kunlarda 856 ta obʼektlar koʻzdan kechirilgan.

Natijada 68 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiyhimoyasini taʼminlash maqsadida ish beruvchilar bilan munosabatlar qonuniy rasmiylashtirildi. 26 nafar jismoniy shaxslarga davlat roʻyxatidan oʻtib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga amaliy yordam berildi.

Shuningdek, 124 ta obʼekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspektsiyalarida roʻyxatga qoʻyishlari va 12 ta mol-mulk obʼekti hamda yer maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida roʻyxatdan oʻtkazishlari toʻgʻrisida profilaktik suhbat va ogohlantirishlar berildi.

Jizzax viloyat DSB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻʼbasi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.