18 +  RSS  E-mail
12:22, 21 02 2019

Qashqadaryoda iqtidorli karatechilar saralandi


Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan yurtimizda ushbu sport turini keng ommalashtirish, hududlarda selektsiya jarayonlarini oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni tanlab olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib zaxirani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, terma jamoamiz aʼzolari ham ortidan munosib oʻrinbosarlar yetishib kelayotganini bilsa, oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga harakat qiladi, intiladi. Bu shubhasiz oʻzbek karatesi manfaatlariga xizmat qiladi.

Shu sababli Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi ishchi guruhi tomonidan joylarda faol selektsiya jarayoni oʻtkazilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida ham iqtidorli yoshlar saralab olindi. Unda viloyatning barcha hududlaridan 8-12 yoshdagi oʻgʻil bolalar va qizlar imtihondan oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, bugungi kunda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi barcha yoshdagi terma jamoalarda teng kuchli bir nechta tarkibni shakllantirishga jiddiy eʼtibor qaratgan. Bu esa asosiy tarkib uchun raqobatning oʻsishiga xizmat qiladi. Raqobat esa tabiiyki yoshlarning mahorati ortishiga xizmat qiladi.

Shu maʼnoda aytish joizki, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan selektsiya jarayoni yurtimizda ushbu sport turi taraqqiyotini taʼminlaydi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.