18 +  RSS  E-mail
12:19, 21 02 2019

Imom Buxoriy majmuasida davra suhbati boʻlib oʻtdi


Samarqand davlat universiteti oʻqituvchi va oʻquvchilari Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida boʻlib, u yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi.

Tashrif buyurganlarga markaz xodimlari markaz va hadis ilmi maktabining yaratilish tarixi, amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, ilmiy xodimlar hamda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Davra suhbati shaklida oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, yozuvchi va shoirlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashi vakillari qatnashishdi.

Tadbir ishtirokchilari markaz yonida bunyod etilgan Hadis ilmi maktabining tinglovchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. U yerdagi oʻquv jarayonlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanganligi ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.