18 +  RSS  E-mail
13:48, 20 02 2019

Otaning oʻgʻliga nasihatlari


1. Spirtli ichimliklar ichishdan va tamaki chekishdan yiroq boʻl!

2. Uylanmoqchi boʻlsang, soliha qizni tanla. Chunki baxtli yoki iztirobli hayot kechirishingda rafiqangning hissasi katta.

3. Xonadoning uchun jihozlar sotib olmoqchi boʻlsang, uch jihatga eʼtibor ber: U rostdan ham kerakmi? U sifatlimi? U oila byudjetiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydimi?

4. Unutma, hech qanday yumush oilang va farzandlaringga mehr berishdan ustun boʻlolmaydi.

5. Doʻstlaringdan ishlatib turishga nimadir olsang, albatta, uni goʻzal holatda qaytargin!

6. Turli zamonaviy aloqa vositalari vaqtingni, sogʻligingni, aqlingni, mablagʻingni hamda yaqinlaringga gʻamxoʻrlik hissini tortib olishiga yoʻl qoʻyma! Chunki ular sening uzogʻingni yaqin, ogʻiringni yengil qilish uchun ishlab chiqarilgan.

7. Insonlarni oʻz xizmatingga yollasang, xizmatiga yarasha haqqini oʻz vaqtida ber.

8. Hech qachon oʻzingdan boy yoki senga nisbatan nochorlardan moddiy masalalarda maslahat soʻrama.

9. Odamlarning maoshi va qancha pul topishining sen uchun foydasi yoʻq.

10. Har doim oʻzing sevgan ishni kasb qil. Ham baxtli boʻlasan, ham yaxshi daromad topasan, ham ishing sifatli boʻladi.

11. Koʻp ham xotirangga tayanaverma. Chunki xotira yoʻqolish xususiyatiga ega. Bilganlaringni qogʻozga tushir.

12. Farzandlaringga tarbiya berishda moʻʼtadil boʻl. Qattiqqoʻllikda ham, erkalashda ham chegaradan chiqma.

13. Yaqinlaringning muvaffaqiyatini eʼtirof etishda baxillik qilma.

14. Insonlar bilan muomala qilishda axloqingni yoʻqotma. Aks holda hurmatingni ham, huquqingni ham yoʻqotasan.

15. Shaxsiy maʼlumotlaringni hammaga oshkor qilma.

16. Doʻsting haqida ijobiy fikr, maqtov eshitsang, buni uning oʻzing ham yetkazib qoʻy.

17. Uyquga ham eʼtiborli boʻl. Uxlash vaqtida dam olib, tanangni ertangi muhim ishlar uchun tayyorla.

18. Uylanmoqchi boʻlsang, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan oʻzingga teng boʻlgan qizga uylan.

19. Uyingga kelgan mehmonni izzat-ikrom qil.

20. Hamma odam haqni gapirolmay, qoʻrquvda turgan boʻlsa, sen haqni aytib, toʻgʻri fikrni bayon qil.

21. Tabiiy inson boʻlgin, munofiqlikdan, ikkiyuzlamachilikdan, sunʼiylikdan uzoq boʻl.

22. Arzimas ishlarda tortishib, vaqtingni, asabingni isrof qilma.

23. Qayerda boʻlsang ham odamlarga yaxshilik qilib, yaxshi nom qoldirishga harakat qil.

24. Doim halollikka intil. Haromga aslo qoʻl urma.

25. Ilm ahlini, ustozlarni ehtirom qilib, ularning ilmlaridan manfaat olishga harakat qil!

26. Ota-onang, aka-ukalaring, opa-singillaring, yaqin qarindoshlaring bilan aloqani goʻzal darajada yoʻlga qoʻy.

27. Eng muhimi – NAMOZingni vaqtida ado et!

Nozimjon IMINJONOV.

Internet maʼlumotlari asosida

Foto: obu4ayka.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.