18 +  RSS  E-mail
13:44, 20 02 2019

Jizzaxdagi oliygohda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi


AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xodimlari bilan Jizzax politexnika institutida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda elchixonaning  axborot va matbuot boʻyicha maslahatchisi Syuzanna Vud soʻzga chiqib, taʼlim almashuv dasturlari: bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olishga doir maxsus loyihalar bilan tanishtirdi. Taʼlimda kadrlar va tajriba almashuv boʻyicha nufuzli Ful’brayt dasturi haqida ingliz tili mutaxassisi Vivianna Marsel tushuncha berdi. Talabalar AQShda taʼlim olish imkoniyatlari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Uchrashuv yakunida AQSh geografiyasi, tarixi va adabiyotiga oid viktorina oʻtkazildi. Gʻolib talabalarga AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Eldor BOLIYEV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.