18 +  RSS  E-mail
13:41, 20 02 2019

“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro fol’klor musiqa festivalining tuman saralash bosqichi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro fol’klor musiqa festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 371-sonli qaroriga muvofiq, Vobkent tumani madaniyat boʻlimida “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro fol’klor musiqa festivalining tuman saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Saralash bosqichida tumandagi umumtaʼlim maktablari hamda boʻlim tasarrufidagi madaniyat markazlarida tashkil etilgan fol’klor havaskorlik jamoalari oʻzlarining badiiy va musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Saralash bosqichida Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Rahmonova, Oʻzbekiston Milliy tiklanish partiyasi tuman Kengashi raisi T.Yoqubov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari Yu.Nasullayev, Vobkent tumani madaniyat boʻlimi mudiri I.Bahronov hamda 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori K.Toyirovlar hakamlik qilishdi.

Festivalning saralash bosqichi soʻngida faol ishtirok etgan jamoalar Vobkent tumani Madaniyat boʻlimi tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.