18 +  RSS  E-mail
11:33, 18 02 2019

Taʼlim muassasalarida kuzatuv kameralari oʻrnatildi


Mamlakatamizda amalga oshirilayotgan “Xavfsiz shahar” kontseptsiyasi davlat tomonidan aholi hayoti va faoliyatini barcha tashqi (tabiiy, texnogen, ijtimoiy-biologik, ekologik, jinoiy va boshqa) tahdidlardan muhofaza qilish bilan birga, uy-joy kommunal xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obʼektlarni yagona axborot makoniga birlashtirmoqda.

Samarqand shahrida ham “Xavfsiz shahar” kontseptsiyasi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ijtimoiy obʼektlarni yagona axborot makoniga birlashtirish maqsadida 97 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 76 ta umumtaʼlim maktabi, 7 ta akademik litsey, 29 ta kollej va 8 ta oliy oʻquv yurtlari kuzatuv kameralari bilan taʼminlandi. Kameralar asosiy kirish eshiklari va bino oldida oʻrnatilib, barchasi viloyat ichki ishlar boshqarmasining situatsion markaziga bogʻlandi. Natijada markaz xodimlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼlim muassasalari hududini kuzatish hamda nazorat qilishni taʼminlash imkoniyati yaratildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.